» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun ham onlayn tarzda boshlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun ham onlayn tarzda boshlanishi mumkin


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2020/2021-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun ham onlayn tarzda boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanadi

“Yuqori kurs, ya’ni bakalavr bosqichining 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi. Test sinovlari tugagach, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, balki, an’anaviy tizimga yana qaytarmiz. Agar epidemiologik shart-sharoit to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, 1-kurslarni ham masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazishni boshlaymiz”, — dedi Salimov.

Qayd etilishicha, 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun dars mashg‘ulotlari 1-oktabrdan boshlanadi.

Matbuot anjumanida o‘quv yilini qay tartibda boshlash bo‘yicha har bitta mexanizm shu vaqtgacha 3 marta oliy ta’lim muassasalari rektorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshliqlari bilan muhokama qilingani aytib o‘tildi.

Mavzuga doir: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Ayrim yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi bo‘yicha taklif kiritilgan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov ham sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanishini aytgan edi. Avval Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 6-avgust kuni 2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari ikki smenada stadionlarda o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют