» » Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votelni 26-aprel kuni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli va serqirra hamkorlik, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlikka erishish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Jozef Votel Prezident Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston—Amerika munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют