» » Buxoroda 10-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, buyum bozorlari hamda sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi

Buxoroda 10-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, buyum bozorlari hamda sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi


Buxoro viloyatida 2020-yil 10-avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi. Viloyatda oshxona, mehmonxona, buyum bozorlari hamda sartaroshxonalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus shtab hamda viloyat mutasaddilari shunday qarorga kelgan.

Viloyatda, shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xulosasi hamda hududlardagi sektor rahbarlarining kafolat xatlari asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ham ruxsat berilgan.

Belgilangan tartibga muvofiq 1070 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi), mehmonxonalar, individual shug‘ullanish uchun trenajyor zallariga, shuningdek, viloyatdagi jami 3006 ta tadbirkorlik subyekti bo‘lgan mavjud sakkizta buyum bozori, qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi obyektlar, nooziq-ovqat mahsulotlari sotuvchi shoxobchalar, 725 ta sartaroshxona va 333 ta go‘zallik saloni, 632 ta nodavlat ta’lim markazi, to‘garak va o‘quv kurslari faoliyatini tiklashga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

“Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Buyum bozorlari har kuni ish boshlashidan oldin va ish vaqti tugaganidan so‘ng dezinfeksiya qilinadi, xaridorlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan”, — dedi viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijonda, shuningdek Zarafshon shahrida ham karantin talablari yumshatilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют