» » Odiljon Iminov Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi

Odiljon Iminov Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi


Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzidagi oltinchi yalpi majlisida Senat qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga shu paytga qadar Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan senator Odiljon Iminov saylandi.

Mazkur qo‘mitaning avvalgi raisi Robaxon Mahmudova 2020-yil 12-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 13-iyulda esa Senatning tegishli qarori qabul qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют