» » Iyul oyida Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshiriladi

Iyul oyida Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshiriladi


27-iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tarixda birinchi marta Boeing 787 Dreamliner laynerida Toshkent–Nyu-York to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini amalga oshiradi. Bu haqda, aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

18-mayga ushbu laynerda Toshkent–Riga–Nyu-York–Toshkent reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Nyu-Yorkka Dreamliner’da uchish vaqti 12 soatni tashkil etadi, Toshkentga qaytish esa 11 soat vaqt oladi.

Bundan tashqari, milliy aviakompaniya Riga orqali AQShga reyslarni haftasiga bir marta amalga oshirishda davom etadi.

Boeing 787 Dreamliner’ning Toshkent–Riga–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishida ekspluatatsiya qilinishi Rigaga 20?30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat ertaroq yetib olish imkoniyatini beradi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют