» » Hindistonda yo‘lovchi tashuvchi samolyot qo‘nish vaqtida ikkiga bo‘linib ketdi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor

Hindistonda yo‘lovchi tashuvchi samolyot qo‘nish vaqtida ikkiga bo‘linib ketdi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor


Hindistondagi Karipur shahrida Air India aviakompaniyasining samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi va qo‘nish chizig‘idan tashqariga chiqib ketdi. Bu haqda Times of India xabar qilgan.

Samolyot reysni Dubaydan amalga oshirgan. Havo kemasi bortida 170 nafardan 191 nafargacha odam bo‘lgani aytilmoqda. Aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni, turli darajadagi tan jarohati olganlar esa 123 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Asian News International nashri Twitter’dagi sahifasida xabar qilgan.

“Komsomolskaya pravda” nashrining Rossiyaning Hindistondagi Chennai bosh konsulligiga asoslanib yozishicha, reysda COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli BAAda qolib ketgan hindistonliklar olib kelingan.

Air India Express samolyotining halokatiga Kerala provinsiyasida bir necha kun davomida tinimsiz yog‘gan kuchli yomg‘ir ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Voqea joyidan olingan suratlar va videoda samolyot korpusining qisman vayron bo‘lgani aks etgan.

Avvalroq Pokistonda PIA kompaniyasiga tegishli samolyot 22-may kuni qo‘nish vaqtida turar joy mavzesiga qulagani haqida xabar berilgan edi. Bortda bo‘lgan 97 kishi halok bo‘lgan. Yerda bo‘lgan taxminan 10 kishi turli darajada tan jarohati olgan, ulardan biri aviahalokatdan bir necha kun o‘tib vafot etgan. Shu bilan birga, samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan ikki nafari tirik qolgan. Keyinchalik bu boradagi tergovning dastlabki natijalari e’lon qilingan. Dastlab samolyotning qo‘nish uchun qilgan birinchi urinishida dvigatel zarar ko‘rgani, dispetcherlar ekipajni bu haqda ogohlantirmagani oydinlashgan.

Ikkinchi urinishda uchuvchilar yetarli balandlikka ega emasligi haqida ogohlantirilgan, ammo ushbu xabarga javob qaytarmagan. Ekipaj a’zolari parvoz vaqtida koronavirus atrofidagi vaziyatlarni muhokama qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют