» » “Zenit” Rossiya Superkubogida “Lokomotiv”ni mag‘lub etib mavsumdagi 3-sovringa ega chiqdi

“Zenit” Rossiya Superkubogida “Lokomotiv”ni mag‘lub etib mavsumdagi 3-sovringa ega chiqdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Superkubogida “Zenit” va “Lokomotiv” jamoalari 7-avgust, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Artyom Dzyuba piterliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 69-daqiqada Magomed Ozdoyev jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga “temiryo‘lchilar” Vedran Chorlukaning yagona goli bilan javob qaytardi.

Mazkur uchrashuvda “Lokomotiv”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov qaydnomaga kiritilmadi.

Shu tariqa “Zenit” bir mavsumning o‘zida RPL, Kubok va Superkubokda g‘olib chiqdi.

Rossiya Superkubogi

7-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 14 Dzyuba, 2:0 – 69 Ozdoyev, 2:1 – 72 Chorluka.

“Zenit”: Kerjakov, Lovren, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Barrios, Ozdoyev (Yeroxin, 88), Malkom (Mostovoy, 81), Azmun (Rigoni, 90), Dzyuba (Jirkov, 81), Driussi (Musayev, 88).

“Lokomotiv”: Gilyerme, Ribus, Magkeyev (Jemaletdinov, 69), Chorluka, Ignatev, Miranchuk (Ribchinskiy, 81), Barinov, Miranchuk, Krixovyak, Serkeyra, Eder (Smolov, 62).

Ogohlantirishlar: Ribus (19), Magkeyev (48), Driussi (59), Miranchuk (64), Ozdoyev (67), Barinov (72), Miranchuk (78), Jirkov (84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют