» » “Manchester Siti” “Real”ni mag‘lub etib Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi (video)

“Manchester Siti” “Real”ni mag‘lub etib Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsida “Manchester Siti” 7-avgust, juma kuni Madridning “Real” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Rafael Varanning xatosidan keyin Rahim Sterling “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada Karim Benzema muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik to‘liq maydon egalari tomonida bo‘ldi. 68-daqiqada Varanning navbatdagi xatosi “Manchester Siti”ning ikkinchi goliga sababchi bo‘ldi, gol muallifi — Gabriel Jezus. Qolgan vaqtda mezbonlar vaziyatni nazorat qildi.

Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozongan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Chorak finalda “Manchester Siti” va “Lion” jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.

YChL

1/8 final, javob bahsi

7-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 1:1 – 28 Benzema, 2:1 – 68 Gabriel Jezus.

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Lyaport, Fernandinyo, de Bryuyne, Rodri Ernandes (Otamendi, 89), Foden (Bernardu Silva, 67), Gundo‘g‘an, Sterling (Silva, 81), Gabriel Jezus.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Militao, Varan, Mendi, Kroos, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 61), Modrich (Valverde, 83), Azar (Yovich, 83), Benzema.

Ogohlanirish: Modrich (81).

Ilk uchrashuv: 2:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют