» » Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Germaniya Bundesligasining 2020/21-yilgi mavsumi taqvimi e’lon qilindi. Musobaqaning yangi mavsumi 18-sentabrdan start oladi.

Mavsumni ochib beruvchi o‘yinlar qachon o‘tkazilishi noma’lum. U Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Germaniyadagi an’anaga ko‘ra, mavsum chempion jamoa ishtirokidagi o‘yin bilan ochiladi. Ya’ni ilk uchrashuv “Bavariya” va “Shalke-04” jamoalari o‘rtasida kechishi kerak. Biroq myunxenliklar klubi Chempionlar Ligasi finaliga (23-avgust) qadar yetib borsa, u holda ularning starti 21-sentabrga ko‘chirilishi mumkin.

Bunday bo‘lgan taqdirda ochilish uchrashuvi Dortmund va Myunxengladbaxning “Borussiya”lari o‘rtasida kechadi.

“Bavariya” va “Borussiya D” ishtirokidagi Germaniya Superkubogi 30-sentabrga mo‘ljallangan.

Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumi 2021-yilning 22-mayida yakunlanadi.

Bundesliga

1-tur bahslari

1821-sentabr

“Bavariya” — “Shalke-04”

“Borussiya D” — “Borussiya M”

“Leypsig” — “Mayns”

“Volfsburg” — “Bayer”

“Ayntraxt” — “Arminiya”

“Union” — “Augsburg”

“Kyoln” — “Hoffenhaym”

“Verder” — “Herta”

“Shtutgart” — “Frayburg”

To‘liq taqvim bilan ushbu havolada tanishing.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют