» » Kuz faslida ingichka belbog‘li kiyimlar urfga kiradi

Kuz faslida ingichka belbog‘li kiyimlar urfga kiradi


Kostyum va belbog‘ kombinatsiyasi qadimdan urf bo‘lib kelgan. Ayniqsa, erkaklarnikidek katta bichimdagi kiyimlar kiyila boshlanganda qomatga urg‘u berish uchun belbog‘lardan keng foydalanilgan.

Harper’s Bazaar’ning yozishicha, kelayotgan kuz faslida ham belbog‘ yana asosiy aksessuarga aylanishi kutilmoqda. Bu safar ushbu aksessuar nafaqat ko‘ylaklar bilan, balki kostyum, kardigan va mo‘ynali kiyimlar ustidan ham taqiladi. Shuningdek, kiyimlarga mos belbog‘ tanlashda qiyinchilik bo‘lmasligi uchun dizaynerlar ajoyib yechim topdi. Unga ko‘ra, liboslarga mos keladigan aksessuar to‘plamga tayyor holda kiritiladi.

Odatda, ayollar issiq va qalin kiyimlar ularning qomatini beo‘xshov ko‘rsatayotganidan arz qiladi. Birgina aksessuar yordamida buning ham yechimi topildi. Mashhur brendlar tomonidan yaratilayotgan liboslar va belbog‘lar endi qomatni yana go‘zal va xushbichim tarzda ko‘rsatadi.

Belbog‘ har qanday turdagi mato bilan, hattoki jinsi bilan ham mos tushadi. Belbog‘ aynan kiyim rangiga mos bo‘lishi shart emas, aksincha biroz farqlanib tursa yoki umuman boshqa rangda bo‘lsa ajoyib siluet hosil bo‘ladi. Moda namoyishlarida ushbu aksessuar sumka, sharf yoki oyoq kiyim rangiga mos holda tanlanganini ko‘rish mumkin.

Aytgancha belbog‘lar faqat charmdan bo‘lishi shart emas. Hozirda uning mato, zanjir, arqon va boshqa ko‘plab turlari mavjud. Odatda zanjirli belbog‘ kiyim tanlamaydi, talab qilinadigani shuki, faqat uning rangi taqinchoqqa mos kelishi kerak. Matodan tayyorlangan belbog‘lar ko‘pincha kiyim rangiga hamohang tarzda bo‘ladi. Arqonli belbog‘lar esa jinsi va shunga o‘xshash matolar bilan yaxshi ko‘rinish hosil qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют