» » Mavlud Chavusho‘g‘li Shavkat Mirziyoyevga Turkiya rahbariyatining minnatdorchiligini yetkazdi

Mavlud Chavusho‘g‘li Shavkat Mirziyoyevga Turkiya rahbariyatining minnatdorchiligini yetkazdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Foto: Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston—Turkiya munosabatlari 2016-yilning 17—18-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

“Chavusho‘g‘li davlatimiz rahbariga Turkiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют