» » Antarktidada ilgari noma’lum bo‘lgan imperator pingvinlari koloniyasi topildi

Antarktidada ilgari noma’lum bo‘lgan imperator pingvinlari koloniyasi topildi


Antarktidada sun’iy yo‘ldosh kuzatuvi yordamida ilgari noma’lum bo‘lgan 11 ta imperator pingvinlari koloniyalari topildi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

Tadqiqot pingvinlarning muzda qoldirgan izlari tufayli amalga oshirildi. Shu tariqa imperator pingvinlari soni, taxminan, 5-10 foizga oshdi, deyiladi xabarda.

“Yangi koloniyalar – haqiqatda ajoyib kashfiyot. Bu yaxshi yangilik bo‘lsa-da, ammo koloniyalar unchalik katta emas. Umumiy aholi soni atigi yarim million pingvinlardan iborat”, – deydi tadqiqot rahbari Piter Fretvell.

Satellite photos discovered 11 unknown emperor penguin colonies.

They are vulnerable to climate change as they only breed on sea ice. But all are in at-risk areas: scientists say they could be "canaries in the coal mine" for the climate crisis.

(????: British Antarctic Survey) pic.twitter.com/MgWTM2oNHI

— AJ+ (@ajplus) August 5, 2020

Yangi koloniyalar shimoliy va okeanning muz qatlamlari unchalik barqaror bo‘lmagan hududlarida topildi.

Bundan tashqari ikkita koloniya aysbergga tutashgan dengiz muzlarida yashaydi. Yaxshi parvarish uchun imperator pingvinlariga yilda kamida to‘qqiz oy quruqlikka tutashgan barqaror dengiz muzi kerak.

???? Satellite images have revealed that there are nearly 20% more emperor penguin colonies in #Antarctica than previously thought. @BAS_News used @CopernicusEU #Sentinel-2 data to track guano, or penguin poo, to monitor thousands of penguins ???? https://t.co/hBYBhteVe4 pic.twitter.com/OyZ4tPEdXp

— ESA (@esa) August 5, 2020

O‘n yil oldin, faqat 30 ta imperator pingvinlar koloniyalari ma’lum edi. Ular asosan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan yerlarda joylashgan bo‘lib, qishda harorat -50 daraja Selsiygacha tushishi mumkin. Katta koloniyalarning yangi avlodi esa sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib topildi.

Antarktida atrofida jami  61 ta imperator pingvinlari koloniyalari mavjud. Olimlar fikricha, pingvinlar barcha bo‘shliqlarni to‘ldirgan. Ularning endigi asosiy vazifasi, Antarktidada, quyosh ko‘proq ko‘ringanda yangi koloniyalar sonini hisoblashdir.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют