» » Tanzila Norboyeva “temir daftar”ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qildi

Tanzila Norboyeva “temir daftar”ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qildi


O‘zbekiston Senatining 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi shakllantirgan va yuritayotgan “temir daftar” tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Farmonga muvofiq, budjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratilib, ushbu mablag‘lar 1,7 million yordamga muhtoj aholi, 3,7 million pensioner va 2020-yil yakuniga qadar 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo‘naltirilishi belgilangan edi.

Mazkur bir martalik moddiy qo‘llab-quvvatlash Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlari (“temir daftar”)ga kiritilgan oilalarga ajratilishi ko‘zda tutilgan edi. Senat yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva mazkur yo‘nalishda uchrayotgan muammolarga e’tibor qaratdi va “temir daftar”ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qildi.

Mavzuga doir: 

“Amaliyotda ko‘rdikki, ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida ayrim hududlarda noroziliklar yuzaga keldi. Odamlar ‘temir daftar’ga haqiqatan kambag‘al va ko‘makka muhtoj oilalar chetda qolib, yetarlicha daromadga ega bo‘lganlar kiritilganidan shikoyat qilmoqda. Tizimda ochiqlik, shaffoflik yo‘q”, — dedi Senat raisi.

Uning ta’kidlashicha, bu borada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizim faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqishi kerak, sababi odamlar mahalla tizimi vakillarining noxolisligidan ko‘p shikoyat qilmoqda.

“Prezident mahalla tizimi obro‘sini ko‘tarish, xalqqa yanada yaqinlashtirish bo‘yicha barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berdi. Shunga qaramay, ayniqsa, quyi bo‘g‘inlar eskicha ish uslubidan voz kecholmayapti. Mahalla idoralari xodimlarining dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Ularda aholi bilan ishlash, konstruktiv muloqot qilish ko‘nikmalari yetishmaydi. Bu esa aholining haqli e’tirozlari ko‘payishiga olib kelmoqda. Odamlarning mahalla idoralariga bo‘lgan ishonchi va hurmatiga putur yetyapti”, — deya ta’kidladi Norboyeva.

Shu o‘rinda, mahalla idoralari vakillarining malakasini oshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiqligi aytildi. Shuningdek, “temir daftar”ni shakllantirish va yuritish tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi, tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi. Ayniqsa, davlat tomonidan muhtoj oilalar uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada qisqartirish bugungi kun talabi ekani ta’kidlab o‘tildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют