» » Zinedin Zidan: Bo‘lmag‘ur gaplarni o‘ylab topish shart emas

Zinedin Zidan: Bo‘lmag‘ur gaplarni o‘ylab topish shart emas


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan (1:2) so‘ng iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va jamoasining o‘tgan mavsumdagi natijasidan g‘ururlanishi haqida gapirdi.

Men shu yerdaman va g‘ayrioddiy nimadir sodir bo‘lguniga qadar “Real” murabbiyi bo‘lib qolaveraman. Bo‘lmag‘ur gaplarni o‘ylab topish shart emas. Men “Real” murabbiyiman, shu bilan gap tamom. Bu borada boshqa savollarga hojat yo‘q. Endi barchamiz dam olishimiz va yana bir ajoyib mavsumga tayyorlanishimiz kerak.

O‘tgan mavsum bilan faxrlanishimiz kerak. Men erishgan yutuqlarimiz bilan g‘ururlanaman. Albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchragach, xursand bo‘lolmaymiz. Futbolchilar ham natijadan ranjigan, ammo biz ajoyib mavsum o‘tkazganimizdan g‘ururlanishimiz kerak.

Bugun futbolchilar maydonda borini berdi, menimcha, muhimi shu. Bizga nimadir yetishmadi, hozircha bu nimaligini bilmayman.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Qayd etish joiz, “Real” Zinedin Zidan qo‘l ostida ilk bor Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Bungacha jamoa fransiyalik mutaxassis bilan ketma-ket uch bor (2016—2018) ushbu musobaqa bosh sovriniga ega chiqqan.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют