» » Forbes birinchi marta eng ko‘p pul topadigan Tik Tok yulduzlari reytingini e’lon qildi

Forbes birinchi marta eng ko‘p pul topadigan Tik Tok yulduzlari reytingini e’lon qildi


Forbes birinchi marta eng yuqori daromad oladigan Tik Tok yulduzlari reytingini e’lon qilgani haqida Hi-Tech ma’lum qiladi.

12 oy ichida (2020-yilning iyuniga qadar) reytingdagi 7 ishtirokchining har biri 1 million dollardan ko‘proq mablag‘ oldi.

Ro‘yxatda birinchilikni yillik daromadi 5 million dollarga baholangan Eddison Rey Isterling egalladi. Uning raqs videosi o‘tgan yilning kuzida 1 million muxlisni jalb qildi va u dekabr oyida Tik Tok uchun to‘liq vaqtini ajratish maqsadida Luizian universitetini tark etdi. Isterling Reebok va soatsoz Daniel Vellington bilan bitimlar tuzdi. Shuningdek, u iyul oyida American Eagle kiyim-kechak brendi vakili bo‘ldi va onasi bilan Spotify’da haftalik podkast o‘tkazishni boshladi. Bundan tashqari, Isterling o‘zining Item Beauty kosmetik brendiga ham ega.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni opa-singil Charli va Diksi D’Amelio egallab 4 million va 2,9 million daromad oldi. Charli Jimmi Fellona tungi shousiga bordi va Tik Tok uchun Parijdagi Prada modalar haftaligini yoritdi. O‘zining 16 yoshini nishonlab, 60 dollarlik kostyumni o‘z rasmi yoniga qo‘shib qo‘ydi.

Diksining ishi singlisi bilan bog‘liq, ya’ni opa-singillar bir-birining videolarida paydo bo‘lib, qo‘shma shartnomalar tuzadi. Shuningdek, Diksi o‘zining musiqiy karyerasini rivojlantirishga intiladi. Uning birinchi singli – Be Happy iyun oyida chiqdi va o‘sha kuni Kanye Uest va Travis Skot tomonidan qo‘yilgan videoni yutib, You Tube trendida birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, reytingdan “tiktoker”ning eng ko‘p muxlis bazasiga ega bo‘lgan Loren Grey (daromadi 2,6 mln dollar) ham joy olgan. Undan keyingi o‘rinda TalentX iste’dod agentligi asoschisi va Tik Tok raqibi – Triller strategiyasi direktori Josh Richard (daromadi 1,5 mln dollar ) turadi.

Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga Maykl Le (daromadi 1,2 mln dollar) kiritilgan. Uning liftda raqsga tushgan ikkita videosi platformada 478 million marta – eng ko‘p ko‘rilganlar qatoriga kiritilgan.

Oxirgi o‘rinni Oreo va Sony bilan shartnomalar tuzgan Spenser Iks (1,2 mln dollar) egallaydi.

 Mavzuga doir: 

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют