» » Xosep Gvardiola: “Real”ni nokautga uchratdik

Xosep Gvardiola: “Real”ni nokautga uchratdik


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Real” ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Chorak finalga chiqish juda ajoyib. Chunki biz “Real”ni nokautga uchratdik, bu jamoaning nimaga qodir ekanligini aniq bilamiz. Ular ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Ularni mag‘lub etganimiz, biz ham buni qilishimiz mumkinligini tushunishga yordam beradi. Ulardan ikki bor ustun kelganimiz esa juda muhimdir. Zinedin Zidan birorta marta ham pley-offda mag‘lub bo‘lmagandi. Ularning qay darajada xotirjam o‘ynashiga va individual mahoratiga guvoh bo‘ldingiz. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmoqchimiz. Agar g‘olib bo‘lishni istasak, katta klublarni mag‘lub etishimiz zarur.

Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real”ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi.

Qayd etish joiz, bu Zinedin Zidan uchun Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi ilk muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют