» » “Fazilat xonim va qizlari” yulduzi Afra Sarachog‘lu aktrisa ekanligidan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi

“Fazilat xonim va qizlari” yulduzi Afra Sarachog‘lu aktrisa ekanligidan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi


O‘zbek tomoshabinlariga “Fazilat xonim qizlari” hamda “Opa-singil qizlari” kabi seriallardagi obrazlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktrisasi Afra Sarachog‘lu Re Touch Mag jurnaliga intervyu berdi.

Yosh bo‘lishiga qaramay turk kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Afra Sarachog‘li ilk bora “Ikkinchi imkoniyat” filmida Nurgul Yashilchoyning qizi – Chechak obrazida ekran yuzini ko‘rdi. Ushbu film aktrisaning hayoti va kinodagi faoliyati uchun ajoyib qadam bo‘ldi.

1997-yil 2-dekabrda Istanbulda dunyoga kelgan Afraning ota-onasi bolaligidayoq ajrashib ketgan. Afra onasi bilan birgalikda yashaydi. U hamisha onasiga dalda bo‘lib keldi. Doimo moddiy qiyinchilik aziyat chekkan Afra 13 yoshidan ishlay boshlaydi.

Aslida film rejissori O‘zjan Deniz e’lon qilgan kastingga Afraning onasi qizining nomidan hujjat yuborgan edi. Eskishaharga o‘qish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lajak aktrisa onasini ham yolg‘iz qoldirmadi. Ona ham qizining aktrisalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bosh bo‘ldi. 2016-yil O‘zjan Deniz hamda Nurgul Yashilchoy kabi taniqli aktyorlar bilan birgalikda “Ikkinchi imkoniyat” filmida rol ijro etish Afraga nasib etdi.

2018-yil “Yaxshi o‘yin” filmida aktyor Mert Yazijio‘g‘li bilan tanishib qoladi. Shu ondan boshlab o‘zi kabi aktyor bo‘lgan Mertga muhabbat borasida imkon berdi. Intervyularning birida Mert bilan bog‘liq savolga aktrisa shunday javob beradi: “Ishomasam, imkon bermasdim, bu mening do‘stlarimga ham tegishli. Shuning uchun ham, avvalo, biror narsani baham ko‘rishim uchun ishonch hisi paydo bo‘lishi kerak. Sevgida romantik, hayotda realistman!” Eng qizig‘i, ularning munosabati jiddiylashgani sari bir-biriga mehr qo‘ygan ikki yoshning nikoh to‘yi qachon bo‘lishidan muxlislari xavotirda.

Aktrisadan, hayotingiz davomida afsuslanishga majbur qilgan ishingiz nima, deb so‘rashganida,  u “Aktrisa bo‘lganim”, deb javob qaytardi.

Afra Sarachog‘lu shu kungacha “Yomon bola”, “Ishqmi bu?” filmlari, “Fazilat xonim va qizlari”, “Opa-singil qizlari”, “O‘qituvchi” seriallarida bosh rollarni ijro etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют