Fakt: Ronaldu “Yuventus”ga kelgach jamoaning hech bir futbolchisi Chempionlar Ligasi pley-offida gol ura olmagan
“Yuventus” Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi ikki mavsumi pley-off o‘yinlarida umumiy hisobda 7 ta gol urdi.
“Keksa sinyora”ning 2018-yildan keyingi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichlaridagi barcha gollariga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.
O‘tgan mavsumda Ronaldu “Atletiko”ga qarshi javob uchrashuvida (3:0) het-trik qayd etgandi. Shuningdek, “Ayaks”ga qarshi ikkala o‘yinda (1:1, 1:2) ham bittadan gol urgan. O‘shanda Turin klubi chorak final bosqichida musobaqani tark etgan.
2019/20-yilgi mavsumda esa portugaliyalik futbolchi “Lion”ga qarshi javob uchrashuvida (2:1) dubl qayd etdi. Bu safar “Yuventus” 1/8 finalida o‘z ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Yuventus”ning boshqa hech qaysi futbolchisi Ronaldu jamoaga kelgach, Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlarida gol urmagan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
