» » Xitoylik ayolning qorni noma’lum kasallik tufayli 20 kiloga kattalashib ketdi (video)

Xitoylik ayolning qorni noma’lum kasallik tufayli 20 kiloga kattalashib ketdi (video)


Noma’lum kasallik tufayli xitoylik ayolning qorni hayratlanarli darajada shishib ketdi. Kasallikning sababi hanuzgacha topilmagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xitoyning Guyjou provinsiyasida yashovchi 36 yoshli Xuan Gosyanning qorni ikki yil avval kattalasha boshlagan. Hozirda ayol qornining og‘irligi 20 kilogrammni tashkil qiladi va u shishishda davom etyapti.

Bemor turli xil shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan. Aniqlanishicha, unda jigar sirrozi, tuxumdon saratoni, qorin va ko‘krak qismida g‘ayritabiiy suyuqlik yig‘ilishi kuzatilgan. Lekin qorinning nima sababdan kattalashib borayotgani aniqlanmagan.

Shifokorlar tomonidan qorindagi suyuqlik jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi, ammo shundan so‘ng qorin shishishni boshlagan.

Bemor ayol farzandlariga ga‘mxo‘rlik qilishda, yurishda va uxlashda qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazyapti. U o‘zining ahvoli haqida OAVga ma’lumot bergan va davolanish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ yig‘ilishidan umidvor.

Mahalliy shifoxona Gosyanni davolashga tayyor, ammo buning uchun kamida 4300 dollar mablag‘ kerak.

Mavzuga doir: Video: Hindistonda 15 yoshli qizning oshqozonidan 3 kg soch olib tashlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют