» » Italiyada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining keskin oshgani qayd etildi

Italiyada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining keskin oshgani qayd etildi


Italiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni 38 foizga oshdi, deb xabar bermoqda AP.

Qayd etilishicha, so‘nggi sutkada 552 kishida COVID-19 aniqlangan. Mamlakatda may oyi oxiridan buyon kunlik kasallanishlar soni bunday yuqori bo‘lmagan edi.

Yangi kasallanish holatlarining qariyb uchdan bir qismi Italiyada koronavirusning mahalliy o‘choqlaridan biri bo‘lgan Veneto viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Bir kun davomida u yerda koronavirusni aniqlash bo‘yicha qariyb 16,5 mingta test o‘tkazilgan.

Veneto viloyati rahbari Luka Dzaynning so‘zlariga ko‘ra, kasallik Ispaniya, Peru, Xorvatiya va Gretsiyadan yaqinda qaytgan aholidan aniqlangan.

“Ta’til bu katta tavakkalchilik. Har bir kishi qayerda dam olmoqchiligini o‘zi hal qilishi kerak. Ammo bir necha haftadan buyon ta’til vaqtida ushbu kasallikka chalingan bemorlar sonining ko‘payayotganini qayd etayotganimiz ham rost”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Yevropa davlatlaridan birinchilardan bo‘lib koronavirusning tez tarqalishiga duch keldi. Mart oyidayoq mamlakat COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirgandi. Shundan so‘ng Italiya uzoq vaqt davomida kasallanganlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilib keldi.

21-iyul kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Separansa Italiya koronavirus epidemiyasini yengganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat “bo‘rondan” chiqdi, lekin hali xavfsiz joy topmadi. So‘nggi oylar Italiya tarixida Ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng qiyin vaqt bo‘lgan. Shu bilan birga, mavjud vazir vaziyat kasallik ortda qoldi, deb aytishga hozircha imkon bermaydi. Vaksina paydo bo‘lganidan keyingina to‘liq g‘alaba haqida gapirish mumkin.

Mavzuga doir: Italiyada avvalgi hisob-kitobdan 6 baravar ko‘p odam COVID-19 bilan kasallangani va undan tuzalgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют