» » Gvardiola XXI asrda “Real”ni eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan murabbiyga aylandi

Gvardiola XXI asrda “Real”ni eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan murabbiyga aylandi


“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi 1/8 finalining har ikkala o‘yinida ham “Real”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1, 2:1).

Bu “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatida “Real” ustidan qozonilgan 11-g‘alaba bo‘ldi.

Shu tariqa kataloniyalik mutaxassis XXI asrda “Real”ni eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan murabbiylar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi o‘rinlarda Diego Simeone va Ernesto Valverde bormoqda. Ularning har ikkalasi ham 9 martadan “Real” ustidan g‘alaba qozongan.

Qayd etish joiz, Gvardiolaning jamoalari “qirollik klubi” bilan o‘yinlarda to‘rt marta mag‘lub bo‘lgan va shuncha marta durang o‘ynagan.

Pep Gvardiola “Manchester Siti”dan tashqari , “Barselona” va “Bavariya” klublarida ham faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют