» » O‘zbekistondan olib kelinayotgan 35 makaka Moskvaga kiritilmadi

O‘zbekistondan olib kelinayotgan 35 makaka Moskvaga kiritilmadi


Rossiyaning “Rosselxoznadzor” agentligi Moskva va Tula bo‘limlari xodimlari “Domodedovo” aeroportida hujjatdagi yanglishlik tufayli 35 Yava makakasini ushlab qoldi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda.

Makaka maymunlari O‘zbekistondan olib kelinayotgan edi.

Aytilishicha, chegara veterinarlik nazorati chog‘ida veterinarlik guvohnomasi tegishli namunalarga muvofiq emasligi aniqlandi. Shuningdek, guvohnomaga muallifligi noma’lum, imzosi va muhri yo‘q yozuvlar kiritilgan.

Yukni qabul qilib oluvchiga nisbatan tegishli huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot olinganidan so‘ng yuk rasmiylashtirildi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют