» » Ronaldu Chempionlar Ligasida 130 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Messi esa Krishtianudan 16 ta golga ortda qolmoqda

Ronaldu Chempionlar Ligasida 130 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Messi esa Krishtianudan 16 ta golga ortda qolmoqda


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi bahsda (2:1) dublga erishdi.

Portugaliyalik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasida gol urish borasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messini sezilarli farq bilan ortda qoldirmoqda. Ronaldu Chempionlar Ligasidagi gollari sonini birinchi bo‘lib 130 ta yetkazib oldi va ushbu musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hisobida 114 ta gol bor. “Real” va “Shalke-04” sobiq hujumchisi Raul Gonsales esa 71 ta goli bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Ronaldu 2018-yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qiladi. U Italiya chempionatining yakuniga yetgan mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют