» » Chorvoqda skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi

Chorvoqda skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi


Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida belgilab qo‘yildi.

Taqiq motorli bo‘lmagan qayiqlarga, muqobil energiya manbalari orqali harakatlanuvchi suv transportiga, maxsus motorli qayiqlarga, vazirliklar va idoralarning vakolatli suv transportlariga taalluqli emas.

Bundan tashqari, Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘yida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi. Faqatgina maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno.

Qarorda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 19-iyundagi qaroriga muvofiq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют