» » Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 15-turida “Kvanju” 8-avgust, shanba kuni “Pohang Stilers” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. 62-daqiqada mehmonlar penalti ishlab oldi, uni Felipe golga aylantirdi. Hammasi “Kvanju”ning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Ko Yon Chun 90-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov to‘liq harakat qildi.

“Kvanju” 15 ochko bilan 9-o‘rinda ketmoqda. “Poxang” esa (25) 3-pog‘onaga joylashgan.

Key-Liga

15-bahsi

8-avgust, shanba

Gollar:  0:1 – 62, penalti Felipe, 1:1 – 90 Ko Yon Chun

“Pohang Stilers”: Kan Hyon Mu, Kim San Von, Ha Chhan Re, Kim Gvan Sok, Pak Je U (Chon Min Gvan, 70), Son Min Gyu, Chhve Yon Chun, Li Gvan Hyok (Shim Don Un, 18), O’Nil (Ko Yon Chun, 84), Palochevich, Ilyuchenko.

“Kvanju”: Yun Pyon Guk, Ashurmatov, Li Min Gi, Han Hi Hun, Hon Chun Ho, Kim Chhan Su, Om Von San (Tu Hyon Sok, 80), Barboza, Yo Rim, Pak Chon Su, Felipe.

Ogohlantirishlar: Barboza (26), Kim San Von (39), Pak Je U (67), Felipe (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют