» » Sirdaryoda qalbaki 2 500 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda qalbaki 2 500 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida qalbaki 2500 AQSh dollarini 1600 dollarga sotishga uringan ikki shaxs qo‘lga olindi, deb “Daryo”ga xabar berdi Bosh prokuratura.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Sirdaryo tuman bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. va A.M. oldindan til biriktirib, fuqaro D.X.ga har bir AQSh dollarini 7 ming so‘mdan hisoblab, qalbaki 2 300 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro O.A.ning yonida sotish maqsadida saqlab kelayotgan qalbaki 200 AQSh dollari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A. va A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют