» » Abdulla Aripov videoselektor yig‘ilishida Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan berdi

Abdulla Aripov videoselektor yig‘ilishida Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan berdi


Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e’lon qilingan.

Hukumat rahbari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga respublika budjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mahallalar raislarining qilmishini keskin tanqid qilgan.

Bosh vazir buni hech qaysi mezon bilan oqlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq bir qator mahallalarda yordam pulini tarqatishda mojarolar bo‘layotgani haqida xabarlar berilgan edi. Xususan, Sergelidagi “Humo” mahallasida hamda Xorazmda shunday holatlar kuzatilgan.

Keyinroq Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “temir daftar”ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют