» » Onlayn darsga xalal bergan farzandlarini urishib tashlagan ayol namanganlik bog‘cha tarbiyachisi ekanligi ma’lum qilindi

Onlayn darsga xalal bergan farzandlarini urishib tashlagan ayol namanganlik bog‘cha tarbiyachisi ekanligi ma’lum qilindi


Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 26-iyul kuni mashg‘ulotni tasvirga olishga xalaqit berayotgan farzandlarini urishgan tarbiyachi aks etgan videorolik tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, rolikdagi ayol Namangan viloyati, Chortoq tumani 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Hilola Nurmatova ekanligi aniqlandi.

“Hilola Nurmatova 1982-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Maktabgacha ta’lim tizimida bir necha yildan beri ishlab keladi. O‘tgan davr mobaynida u tomonidan hech qanday nojo‘ya harakatlar amalga oshirilmagan va ish beruvchi tomonidan ijobiy ta’riflanadi. Karantin sharoitida Hilola Nurmatova masofadan o‘qitish usulini o‘zlashtirgan holda, bir necha oy mobaynida, haftasiga 4-5 martadan tarbiyalanuvchilar uchun videomashg‘ulotlar o‘tib kelgan.

Yoz mavsumi boshlanishi MTTlarda sog‘lomlashtirish davri hisoblanib, tartibga ko‘ra bu vaqtda faol ta’lim jarayoni to‘xtatiladi. Ammo bir necha tashabbuskor tarbiyachilar, ular qatorida Hilola Nurmatova ham, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli va foydali o‘tishi uchun videomashg‘ulotlarni davom ettirishga qaror qiladi.

2020-yilning 15-iyul kuni uy sharoitida videomashg‘ulotni yozib olish jaraуonida Hilola Nurmatova o‘z farzandlarini tarbiyachi kasbiy etikasiga zid ravishda qo‘pol tarzda koyib tashlaydi. Bu holat aks etgan rolik, keyin tayyorlangan videomashg‘ulot o‘rniga, yanglish ravishda MTT Telegram guruhiga joylanadi va tezda o‘chirib tashlanadi. Shunga qaramay yanglish joylanib, o‘chirilgan rolik oradan 11 kun o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketadi.

Holatni o‘rganish jarayonida o‘sha kuni Hilola Nurmatova videomashg‘ulotni bir necha marta yozib olishga uringani ma’lum bo‘ldi. Аmmo ish bilan uy vazifalarini bir vaqtda bajarish majburiyati, jumladan, bolalar xarxashasi hissiy muvozanatdan chiqib ketishi, natijada nazoratni yo‘qotgan holda ovozini balandlatishiga sabab bo‘lgan.

Bu voqea Chortoq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda Namangan viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va ma’lum xulosalarga kelindi”, – deyiladi MTV xabarida.

Qayd etilishicha, tarbiyachi Hilola Nurmatova kasbiy etika qoidalarini buzgani uchun unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Karantin yakunlanib, MTTlar faoliyati tiklangach 7-sonli MTT hamda Chortoq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan bu tarbiyachining pedagogik faoliyati monitoring qilib borilishi belgilangan. 7-sonli MTT rahbariga esa ogohlantirish berilgan.

Tuman MTBsiga o‘ziga tegishli hududda masofadan maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish jarayoni ustidan kuzatishni kuchaytirish, uning sifatini yaxshilash, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgani ta’kidlangan.

“Hurmatli hamyurtlar! Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarga nisbatan har qanday qo‘pol munosabatga qarshi ekanligini ma’lum qiladi. Shuningdek, aholi orasida koronavirus pandemiyasi natijasida asabiylashish holatlari ko‘p kuzatilayotgani sababli barchangizni bir-biringizga nisbatan sabrli bo‘lishga chaqiramiz. Shu bilan birga sizlardan o‘zi uchun yangi va noodatiy bo‘lgan masofadan ta’lim jarayonini olib borayotgan pedagoglarimiz sharoiti va holatini tushunishga harakat qilishingizni so‘raymiz”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq vazirlik bog‘chalar faoliyatini qayta tiklash uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют