» » “Yuventus” bosh murabbiyligiga ikki nafar murabbiy nomzodi ko‘rib chiqilmoqda

“Yuventus” bosh murabbiyligiga ikki nafar murabbiy nomzodi ko‘rib chiqilmoqda


“Yuventus” rahbariyati Mauritsio Sarri iste’foga chiqarilgach, uning o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Nomzodlardan biri sifatida “Latsio” ustozi Simone Inzagi ko‘rilmoqda, deya xabar qilmoqda Sky Sports Italia. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Bundan tashqari “Yuventus” boshqaruviga Andrea Pirloni olib kelish varianti ham mavjud.

Iyul oyining oxirida 41 yoshli mutaxassis “Yuventus” U-23 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

“Yuventus” Sarri qo‘l ostida 2019/20-yilgi mavsumda A Seriya g‘olibiga aylandi. Biroq jamoa Italiya Kubogi finalida “Napoli”ga imkoniyatni boy berdi va Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Lion” to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют