» » O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarida abituriyentlar 2 ta fandan test yechadi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarida abituriyentlar 2 ta fandan test yechadi


Davlat test markazi direktori Majid Karimov bu yil stadionlarda o‘tkaziladigan test sinovlarining yangicha tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.

“Har yili bizda imtihon 3 ta fandan bo‘lgan, unga 3 soat ajratilgan. Bu yil fanlarning soni 2 ta, aslida 5 ta bo‘lishi kerak edi. Ammo pandemiya sharoitini inobatga olib majburiy qismni olib tashlab, 2 ta yo‘nalish fanlari qoldirilgan. Test materiallari ancha soddalashtirilgan. Test sinovlari kitobida 4 xildagi murakkablik darajasiga ko‘ra savollar bo‘ladi, o‘z navbatida proporsiya bilan taqsimlanadi. To‘rtinchi darajadagi, Olimpiada tanlovlarida qo‘yiladigan murakkab savollar mutlaqo olib tashlandi. Murakkablikka ko‘ra uchinchi darajadagi savollar 30 tani ichida 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, biz uni yarmini olib 6 ta qoldirdik. Eng sodda darajadagi 6 ta savollarga uchinchi darajadagi savollarning 6 tasini tushirdik, natijada eng sodda savollar 12 ta bo‘ldi. Ikkinchi darajadagi murakkablikdagi savollar 12 ta qoldi” — deydi mutaxassis.

Test sinovlari ertalabki 08:00dan soat 10:00 gacha o‘tishi, shundan so‘ng 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida stadionda hech kim bo‘lmasligi ta’kidlandi. Sinovlarning ikkinchi smenasi 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Har bir abituriyent dezinfeksion koridordan o‘tganida yangi tibbiy niqob va qo‘lqop, antiseptik vositalar qo‘llab kiritiladi. Test sinovlari stadionda bo‘layotganligini inobatga olib, abituriyentlarga quyoshdan saqlash uchun oq kepkalar beriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют