» » Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ekranosti old kameraga ega bo‘ladi

Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ekranosti old kameraga ega bo‘ladi


Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan flagman smartfon haqida internetda juda qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi IXBT.

“Display Supply Chain Consultants” va “DisplaySearch” tadqiqot kompaniyalari asoschisi Ross Yang Xiaomi Mi 10 Ultra ekranosti old kamera bilan jihozlangan dunyodagi birinchi tijoriy smartfon bo‘lishini aytdi.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmi juda va juda kichkina bo‘lgani sabab, Xiaomi Mi 10 Ultra’ni sotib olish juda qiyin bo‘ladi.

Ross Yangning aytishicha, ushbu telefon texnologiya qanday ishlashini namoyish etish uchun ko‘proq foydalanilishini, ammo Xiaomi uni katta hajmda ishlab chiqarishni rejalashtirmagan. Bu Xiaomi rahbarining avvalgi bayonotiga zid keladi.

Xiaomi direktorlar kengashi asoschisi va direktori Lei Jun kompaniyaning keyingi haftada namoyish etiladigan yangi flagman smartfoni nomini tasdiqladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют