» » Yengilmas Armadaning yengilishi. 8-avgust – Buyuk Britaniya Ispaniyadan dengiz hukmronligini tortib olgan kun

Yengilmas Armadaning yengilishi. 8-avgust – Buyuk Britaniya Ispaniyadan dengiz hukmronligini tortib olgan kun


1588-yil 8-avgust kuni Angliya va Ispaniya o‘rtasida 1584–1604-yillarda bo‘lib o‘tgan urushlar doirasida o‘z davrining eng kuchli floti bo‘lgan Yengilmas ispan Armadasi mag‘lubiyatga uchradi va amalda dengizlardagi hukmronlikni Angliyaga topshirdi. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolada “Yengilmas armada”ning yengilishi haqida hikoya qiladi.

Yengilmas Armada – ispanchada Grande y Felic?sima Armada, Ispaniya qirolligining 1588-yili Angliyaga qarshi yuborilgan eng katta harbiy-dengiz flotining nomidir. Flot umumiy hisobda 130 ta kemadan iborat edi. Ular 30 ming kishilik qo‘shin, shundan 19 ming harbiy, 300 ta ot va eshak, shaharlarni qamal qilish uchun kerakli vositalar, shifo chodirlari kabi urush uchun zarur vositlar bilan jihozlangan edi. O‘sha paytda bu flot “Yengilmas Armada” nomi bilan ishlatilmas edi. Bu atama keyinchalik ironiya o‘laroq, 1588-yil 8-avgustdagi Gravlin jangida ispan flotini mag‘lubiyatidan keyin ishlatiladigan bo‘lgan.

1558-yilda Angliya taxtiga Genri VIII ning qizi Elizabet I o‘tirdi. U o‘zining o‘gay opasi, Genri VIII ning aragonlik Katrin bilan nikohidan bo‘lgan Mariya Tyudordan keyin taxtga kelgan edi. Mariya Tyudor esa Ispaniya qiroli Filip II ning qo‘llovi bilan qirolicha bo‘lgan edi. XVI asrning 60-yillaridan Ispaniya qiroli Filip II iqtisodiy va diniy sabablarga ko‘ra Angliyaning ichki ishlariga aralashishga harakat qildi. Qirol Filip II ashaddiy katoliklardan edi.

Protestant bo‘lgan Elizabet I esa katoliklarning g‘azabini keltirardi. U katolik messalariga keladiganlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. Shunday sharoitda, Angliya katoliklari Styuartlardan bo‘lgan Shotlandiya qirolichasi Mariya Styuartni taxt vorisi sifatida ko‘rdi va uni qo‘llay boshladi. Bundan xabar topgan Elizabet II Mariya Styuartni qamoqqa olib qatl qildi. O‘zini katoliklar rahnamosi hisoblagan Ispaniya qiroli Filip II Angliya ishini bitirishga qaror qildi.

Ispaniya qirolining Angliyaga hujum qilishga undagan sabablardan yana biri bu Elizabet II’ning Niderlandiyadagi protestantlarni qo‘llab-quvvatlab, u yerdagi ispan hukmronligiga soya solayotgani edi. Shuningdek, kuchsizlanayotgan Ispaniya va kuchayayotgan Angliya qarama-qarshiligi ham ikki davlat o‘rtasidagi urushlarning sabablaridan eng asosiysi edi.

1588-yilning may oyida 130 kemadan iborat Armada Lissabonni tark etib, Angliyaga qarab suzib ketdi. Dastlab flot qo‘mondonligi mashhur dengizchi, Santa Kruz markizi fransuzlarni mag‘lub etgan Alvaro de Bazanga topshirilishi kerak edi. Ammo u to‘satdan vafot etgach, Filip II Sidoniya gersogi Alonso Perez de Guzmanni bosh qo‘mondon etib tayinladi. Ammo ushbu tayinlov majburiy edi va Alonso Perez dengizchi emasdi. Unga qarshi esa ingliz dengizchilarining eng saralari Charlz Hovard Notingem, Jon Hokins, Fransis Dreyk va Martin Frobisherlar jang qildi.

Dastlab ispanlar Flandriya qirg‘oqlariga langar tashlab, u yerdan Parma gersogining 18 ming kishilik qo‘shinini olib, keyin Angliya tomonga yuzlanishi lozim edi. Inglizlar esa La Mansh bo‘g‘oziga 197 kema va 15 ming harbiydan iborat flotni joylashtirgan edi. Lamanshda ikki o‘rtada yuz bergan bir nechta to‘qnashuvlar hech narsani hal qilmadi.

7-avgust kuni Armada Kale portiga kirib keldi. 7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi ikki o‘rtada hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Inglizlar o‘zlarining sakkizta kemalarini yoqib, ispan kemalari ustiga yubordi. Kun davomida Gravlin yaqinida dengiz jangiz bo‘lib o‘tdi. Kechga borib ispanlarning Angliyaga bostirib kirish rejasi chippakka chiqqani ma’lum bo‘ldi. Inglizlarning sakkiz kemasi suvga g‘arq bo‘lgan bu jangda ispanlar birorta kemani ham boy bermadi. Kale porti yaqinida yuz bergan kuchli bo‘ron ispan kemalarini shimoliy dengiz sari yetaklab ketdi. Bunga qarshi hech qanday harakat qila olmagan Alonso Perez Ispaniyaga qaytishga qaror qildi.

Ertasi kuni Alonso shimoldan Shotlandiyani aylanib o‘tib Ispaniyaga qaytishga qaror qildi. Jangda birorta kema inglizlar tomonidan cho‘ktirilmagan ispan flotining katta yo‘qotishlari aynan qaytish chog‘ida sodir bo‘ldi. Ikki oy davomida tinimsiz dengiz to‘fonlari ispan flotini ta’qib qilib bordi. Aniq xaritalarsiz, qoyalar bilan to‘lib toshgan ingliz qirg‘oqlari, tinimsiz to‘fonlar ispan flotiga “qiyomat” azoblarini soldi. Natijada, uzoq masofaga moslashmagan O‘rta Yer dengiziga moslangan kemalar halok bo‘ldi. 130 kemadan 100 tasi Santander portiga langar tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

Jangda birorta Ispaniyaning birorta urush kemasi cho‘ktirilmagan bo‘lsa-da, inglizlarning katta propagandasi, ispanlarning “qora afsonlari” ushbu jangni inglizlarning ulkan g‘alabasiga aylantirdi.

Ispaniya va Angliya o‘rtasida kechgan 20 yillik qarama-qarshilik 1604-yilda London shartnomasi imzolanishi bilan nihoyasiga yetdi. Bu paytga kelib hukmdorlar o‘zgargan edi. Ispaniyada yangi qirol Filip III, Angliyada esa Yakov I Styuart taxtga o‘tirgan edi. Yangi hukmdorlar mojaroga nuqta qo‘yishga qaror qildi va 1604-yilning 18-avgust kuni Londonda urushga yakun yasagan shartnomani imzolashdi. Unga ko‘ra, Ispaniya va Angliya Irlandiya va Ispan Niderlandiyasiga bo‘lgan harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi. Shuningdek, inglizlar Karib havzasida amalga oshirilayotgan qaroqchilik faoliyatlariga nuqta qo‘yishlari kerak edi.

Shartnomaning eng muhim qismlari quyidagilardan iborat edi:

Shartnoma Ispaniyada yaxshi qabul qilindi. Angliya esa shartnomadan qanoat hosil qilmadi. Bu esa ham diniy, ham iqtisodiy-siyosiy jihatdan kelgusi qarama-qarshiliklarga yo‘l ochdi. Shunday qilib, shartnoma imzolanganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasida 1625-yilgacha tinchlik hukm surdi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют