» » Tanishining tavsiyalari bo‘yicha koronavirusdan uyda davolanishga uringan 63 yoshli erkak vafot etdi

Tanishining tavsiyalari bo‘yicha koronavirusdan uyda davolanishga uringan 63 yoshli erkak vafot etdi


Uyida tanish shifokorning tavsiyasiga ko‘ra davolanishga harakat qilgan, lekin oqibatda ahvoli yanada yomonlashib vafot etgan bemorning kasallik tarixi haqida “O‘zbekiston 24” telekanalidagi ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bemor 63 yoshda bo‘lgan, oxirgi 10 yil davomida qandli diabetning 2-turi bilan kasallangan. Bundan tashqari unda yondosh kasalliklardan gipertonik kasallik 2-bosqich va 4-xavf darajasida bo‘lgan. Shuningdek, bemor semizlikning 1-darajasidan aziyat chekkan.

“Bemor 22-iyul kuni tana harorati oshishi, biroz yo‘tal, darmonsizlik, holsizlik bilan bezovtalangan va o‘zining oilaviy bir tanish shifokoriga murojaat qilgan. Hududiy poliklinikaga esa murojaat qilmagan. Tanish shifokor kelib uni nazoratdan o‘tkazgan, epidemiologik analizni surishtirib, bemorga kasallik qayerdan yuqqanligini o‘zicha gumon qilgan.

Aslida bemorning o‘g‘li hamkasblaridan COVID-19’ni yuqtirib olgan va katta yoshli bemorning o‘g‘lida kasallik yengil kechgan. Lekin o‘z-o‘zini yakkalashni amalga oshirmagani sababli otasiga bu infeksiya yuqqan.

Shifokor tashxis qo‘yish uchun bemorni MSKT (Kompyuterlashtirilgan multispiral tomografiya) tahliliga yuborgan. Unda bemorning o‘pkasida ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan natijalar olingan. Unga ko‘ra, o‘pka to‘qimasining 50-60 foizi zararlangani aniqlangan. Shundan so‘ng ularga tanish bo‘lgan shifokor juda ko‘p miqdorda davolash uchun dori muolajalarini buyurgan.

Bular 12 xil turdagi dori muolajalari bo‘lib, unda birdan 3 xil antibiotik va qon suyultiradigan vositalarning 3 xil turi qayd etilgan. Garmon dorilar esa osma ukollar bilan birga quyilgan”, – deyiladi ko‘rsatuv davomida.

Ta’kidlanishicha, bemor bu davo muolajalarini 3-avgustga qadar o‘tkazib, ahvoli yaxshilanmagan. Buni ustiga bemorda o‘tkir havo yetishmovchiligi paydo bo‘lgan. Yurak urushi soni minutiga 130 dan oshib ketgan. Bo‘g‘ilish, nafas siqish, hansirash alomatlari paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng bemor yana bir bora MSKT tahliliga murojaat qilgan. Tahlil natijasiga ko‘ra, ahvol yaxshilanish o‘rniga yomonlashib, o‘pkaning 70-80 foiz to‘qimasi zararlangani aniqlagan.

Shundan so‘ng bemor o‘ta og‘ir holatda tez yordam brigadasi yordamida COVID-19’ga ixtisoslashgan markazga olib borilgan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemor zudlik bilan sun’iy nafas oldirish moslamasiga ulangan. Lekin shifokorlarning urinishiga qaramasdan bemor vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu yoshdagi erkak o‘limi haqida hali e’lon qilmagan, lekin bugun 64 yoshli sergelilik erkak o‘limi haqida xabar bergandi. Biroq uning qachon kasal bo‘lgani hamda boshqa ma’lumotlar haqida xabar qilinmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют