» » O‘zbekistonda 8-avgust kuni 693 kishida koronavirus aniqlandi. Kunlik o‘lim holatlari 5 taga tushdi

O‘zbekistonda 8-avgust kuni 693 kishida koronavirus aniqlandi. Kunlik o‘lim holatlari 5 taga tushdi


O‘zbekistonda 7-avgust soat 23:30 dan 8-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 693 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun koronavirusga chalinish holati 700 taga yetmayapti, bir kun oldin 690 kishida kasallik qayd etilgandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29918 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 693 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda yangi kasallanish holatlari kuzatildi.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli M.X. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli T.X. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 53 yoshli D.T. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 64 yoshli A.Z. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 70 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 188 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 196 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu sakkiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

8-avgust kuni 936 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan. Kuni kecha SSV koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etgandi.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 29 918 nafar bemordan 21 316 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 71 foizni tashkil etmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют