» » Chinoz tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Chinoz tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Chinoz tumanida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi.

Ma’lum qilinishicha, 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish, yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarida bosim ostida sinov ishlari olib borilishi munosabati bilan, Chinoz tumanida 2020-yil 10-avgust 08:00 dan 13-avgust 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют