» » Bekobodda mahalla raisi nafaqaga muhtoj bo‘lmagan fuqarolarga 100 mln so‘mdan ortiq pul tayinlagani aniqlandi

Bekobodda mahalla raisi nafaqaga muhtoj bo‘lmagan fuqarolarga 100 mln so‘mdan ortiq pul tayinlagani aniqlandi


Toshkent viloyatining Bekobod tumanida mahalla raisi o‘z hududida yashamaydigan va muhtoj bo‘lmagan fuqarolarga soxta ma’lumot asosida nafaqa puli tayinlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “A” MFY raisi X.G‘. tomonidan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo‘lmagan 26 nafar fuqaroga jami 101,5 million so‘m nafaqa pullari tayinlagan. Shundan 31,6 million so‘m mablag‘ fuqarolarga asossiz to‘lab berilgan.

Shuningdek, departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 69,9 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda yordam puli tarqatilishiga oid e’tirozli videolar tarqalgani, Mahalla vazirligi xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют