» » Farg‘onada masjid faoliyati uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 mln so‘m pora olgan adliya xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada masjid faoliyati uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 mln so‘m pora olgan adliya xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisining firibgarligi fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshloq tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.A. tumanda bo‘sh yer maydonini “M.A” xususiy korxonasiga ajratish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarori bo‘yicha Toshloq tuman Ma’muriy sudida ko‘rilayotgan ishni sudda ishlovchi tanishlari orqali gaplashib, qarorni o‘z kuchida qoldirish va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga ushbu korxona ish yurituvchisi M.M.dan firibgarlik yo‘li bilan 500 dollar olgan.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.A. Toshloq tumani “So‘kchilik” MFYda yashovchi fuqaro B.B.dan tanishlari orqali mazkur mahalladagi masjid faoliyatini yuritishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 million so‘m olganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan A.A. fuqarolardan pullarni olganligini ma’lum qilib,  “M.A.” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ga yetkazilgan zarar uchun 500 ming so‘m va 100 dollar hamda fuqaro B.B.ga yetkazilgan zarar uchun 28 million so‘m va 1000 dollarni o‘z ixtiyori bilan taqdim etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (takroran firibgarlik sodir etish) va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avval Toshkentda masjid qurilishiga ehson qilish bahonasida qariyb 34 million so‘mni AQShga tegishli SIP virtual raqami vositasida o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olingani, Toshkent viloyatida 45 nafar fuqaroning 150 million so‘m pulini talon-toroj qilgan shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan bir qancha jinoyatlar, o‘g‘irlik va tovlamachilik qilgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilingani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют