» » Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxt markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan

Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxt markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan


Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda: mamlakatda mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da 5 723 ta saylov uchastkasi ochilgan, deya xabar bermoqda “Belta” agentligi.

Belarusdan tashqarida yana 44 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da tugaydi. “TASS”ning aniqlik kiritishicha, Belarusning 6,8 million aholisi ovoz berish huquqiga ega.

Agar saylovchilarning yarmidan ko‘pi ovoz berishga kelsa, saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Ovoz bergan saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini qo‘lga kiritgan nomzod esa prezident etib saylangan deb topiladi.

“TASS”ning qo‘shimcha qilishicha, Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan saylovning dastlabki natijalarini 9-avgust oqshomida, yarim tunga yaqin e’lon qilishi kutilmoqda.

“Tut.bu” nashrining guvohlar so‘zlariga tayanib xabar berishicha, Belarus poytaxti Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan. “Radio Svoboda” esa Minskka Molodechno tomondan kirish joyida “YPX mashinasi, ikkita harbiy mashina, o‘q o‘tmas nimcha, yuziga qora niqob va boshiga dubulg‘a kiygan odamlar” turgani haqida xabar bergan.

May oyidan beri Minskda va Belarusning boshqa shaharlarida prezidentlikka nomzodlar va faollarning hibsga olinishiga qarshi, shuningdek, Belarus MSKning muxolifatchi nomzodlarni, xususan, “Belgazprombank”ning sobiq rahbari Viktor Babarikoni (u 2020-yil iyunida “pul yuvish” ishi doirasida ayblanib, hibsga olingan) ro‘yxatga olishdan bosh tortganiga norozilik sifatida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Norozilik namoyishlarida 100—150 nafardan odam qo‘lga olingan. Belarus Tergov qo‘mitasi 14-iyul kuni Minskda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishining 17 nafar ishtirokchisiga nisbatan ish ochgan. Ular militsiya xodimlariga nisbatan zo‘rlik ishlatishda gumon qilinmoqda.

Saylovga bir necha kun qolganida — 6 va 8-avgust kunlari — Minskda prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskayaning shtabi rahbari Mariya Moroz ushlangan, shuningdek, Tixanovskayaning shtabi a’zosi Mariya Kolesnikova ham qo‘lga olingan, biroq yarim soatdan so‘ng “boshqa odam bilan adashtirib yuborishgani”ni aytib, qo‘yib yuborishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют