» » “Yuventus” muddatidan avval ishdan bo‘shatilgan Mauritsio Sarriga qancha mablag‘ to‘lagani ma’lum bo‘ldi

“Yuventus” muddatidan avval ishdan bo‘shatilgan Mauritsio Sarriga qancha mablag‘ to‘lagani ma’lum bo‘ldi


Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan shartnomani bekor qilgani tufayli unga 20 million yevro tovon puli to‘laydi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Klubning Sarri bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan edi. Uning yillik maoshi esa 5,5 million yevroni tashkil qilgan. Ta’kidlanishicha, bitim muddatidan avval bekor qilingani uchun “Yuventus” italiyalik mutaxassisga 20 million yevro tovon pulini to‘lab beradi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida “Lion” to‘sig‘idan o‘ta olmagani uchun Sarrini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Andrea Pirloni bosh murabbiy etib tayinladi.

Sarri o‘tgan mavsum avvalida “Yuventus”ga bosh murabbiy bo‘lgandi. Klub u bilan A Seriyada g‘olib chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют