» » The New York Times: AQShda koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshdi

The New York Times: AQShda koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshdi


Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri AQShda qayd etilgan kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 5 milliondan oshdi. Bu haqda o‘z ma’lumotlar bazasiga asoslanib, The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

“8-avgust, shanba oqshomi holatiga ko‘ra, AQShda 5 003 600 kishi koronavirusga chalingan va kamida 161 900 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan”, — deya xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning qayd etishicha, kasallanish ko‘rsatkichlari yettita shtatda — Oklahoma, Virjiniya, Illinoys, Gavayi, Janubiy Dakota, Massachusets va Rod-Ayland shtatlarida, shuningdek, Guam, Virgin orollari va Puerto-Rikoda o‘sib bormoqda. Ayni vaqtda, 17 shtatda kasallanish sur’ati pasaygan.

Avvalroq, 4-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda koronavirus ortga chekina boshlanganini ma’lum qilgan edi. U Amerika rasmiylari vaziyatning yaxshi tomonga sezilarli o‘zgarayotgani belgilarini ko‘rayotganini aytib o‘tgan edi.

Shunga qaramay, Trampning bayonotidan ikki kun avval Oq uyning koronavirus bo‘yicha ishchi guruhi koordinatori Debora Birks mamlakat virusga qarshi kurashning yangi bosqichiga o‘tayotgani, bu bosqichda kasallik avvalgidan-da shiddatliroq tarqalayotganini ta’kidlagan edi. U amerikaliklarni niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlashda davom etishga chaqirgan edi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh koronavirusga chalingan va ushbu kasallik oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turibdi. Bu borada ikkinchi o‘rinda borayotgan Braziliyada 8-avgust kuni jami kasallanganlar soni 3 milliondan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют