» » Namanganlik bog‘cha tarbiyachisi: “Yaxshi ishlab, o‘zimni ko‘rsatmoqchiman, faqat oldinga yuraman”

Namanganlik bog‘cha tarbiyachisi: “Yaxshi ishlab, o‘zimni ko‘rsatmoqchiman, faqat oldinga yuraman”


Bir muddat avval bolalar uchun videodars tayyorlayotgan ayolning videosi tarqalgan edi. Videolavha oxiriga ayol tasvirga olish jarayoniga xalal bergan farzandlarini koyib bergani tushib qolgan. Mazkur videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, ayolning holatini tushunish bilan qabul qilganlar qatorida, buni kulgiga olib, turli masxara, parodiya lavhalar olganlar ham bo‘ldi.

Kuni kecha Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berib, videodagi ayol Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ekanini, tizimda bir necha yildan beri ishlashi, o‘tgan davr mobaynida u tomonidan hech qanday nojo‘ya harakatlar amalga oshirilmagani, ish beruvchi tomonidan ijobiy ta’riflanishini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, “bolalar xarxashasi sabab hissiy muvozanatdan chiqib ketib, nazoratni yo‘qotgani”, “o‘z farzandlarini tarbiyachi kasbiy etikasiga zid ravishda qo‘pol koyib tashlagani” uchun unga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Shuningdek, bog‘chalar qayta ishgach, Nurmatovaning faoliyati kuzatib borilishi bildirildi (ayni vaqtda, bog‘cha tarbiyachisiga o‘rinsiz jazo tayinlanganini ta’kidlayotganlar ham bor).

“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda Hilola Nurmatova voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.

“Mashg‘ulotlar o‘tish uchun 3—4 marta videorolik olaman, so‘ng ularni maktabgacha ta’lim tashkilotimizning Telegram’dagi guruhiga tashlab qo‘yaman. Kichkina qizim besh yosh, katta o‘g‘lim yetti yosh — tasvirga olish vaqtida o‘g‘lim yordam berardi. 16-iyul kuni rolik olayotganimda shunday holat bo‘lib qoldi, keyinroq o‘sha voqea yozilgan videoni adashib guruhga tashlab yuboribman. Oradan 15 daqiqalar o‘tib, hamkasbim menga noto‘g‘ri video ketib qolganini aytdi, shundan so‘ng uni o‘chirib, o‘rniga boshqa variantini guruhga tashladim”, — deydi u.

Bog‘cha tarbiyachisining aytishicha, video oradan 10 kunlar o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan, shundan so‘ng u videoni aynan kim tarqatib yuborganini aniqlash harakatiga ham tushgan.

“Adashib, shunday holat aks etgan videoni guruhga chiqarib yuborganim esimdan ham chiqib ketgan edi. Kim tarqatib yuborganini aniqlashga harakat qildim, lekin ‘jinoyatga aylanib ketadi, surdi-surdi bo‘ladi’ bo‘ladi deyishgani uchun, boshqa bunaqa ish qaytarilmaydi, deb harakatdan to‘xtadim. Ermak qilib olingan uch-to‘rtta videoni ko‘rgach, bu ruhiyatimga qattiq ta’sir qildi, telefonimni o‘chirib qo‘ydim — hamma tanish-bilishlar telefon qilaverdi, boz ustiga shu xabarlarni ko‘rmay deb telefonimni o‘chirdim. Mudiramiz ham ‘telefoningizni o‘chirib qo‘ying’, deb ogohlantirdi”, — deydi u.

Kichik yoshdagi bolalar guruhida ishlaydigan Hilola Nurmatova bu yil Namangan davlat universitetining maxsus sirtqi yo‘nalishini tamomlagan. Aytishicha, ishiga fidoiy, kasbini ham, bolalarni ham sevadi, oliygohni o‘qib tugatishdan maqsad esa biror bolalar bog‘chasiga mudir bo‘lish niyati edi. U bundan keyin ham yaxshi ishlab, faqat olg‘a qadam bosmoqchi ekanini ta’kidladi.

“Insonga doimo yaxshi fikr bilan qarash kerak — hamma ham adashadi, beayb Parvardigor. Bir marta adashgan bo‘lsam, shunga qoralab chiqish shartmi? Biror odam haqida fikr bildirarkansan, uni har tomonlama o‘rganish kerak. Kimdir balki shunday ermak qilishdan manfaatdordir... Bundan keyin ham yaxshi ishlab, o‘zimni ko‘rsatmoqchiman, orqaga emas, faqat oldinga yuraman. Kim yomonlik tilasa, men ularga yaxshilik tilayman”, deb qo‘shimcha qildi Hilola Nurmatova.

Mavzuga doir: Namangandagi bog‘cha tarbiyachisining jazolanishi adolatdanmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют