» » Key-Liga. Jamshid Iskandarovning “Sonnam”i mehmonda g‘alabaga erishdi, Doston Tursunov jamoasida mag‘lubiyat

Key-Liga. Jamshid Iskandarovning “Sonnam”i mehmonda g‘alabaga erishdi, Doston Tursunov jamoasida mag‘lubiyat


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 15-turida “Sonnam” jamoasi 9-avgust, yakshanba kuni “Inchhon Yunayted” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida Na San Ho sonnamliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 88-daqiqada futbolchi dublini nishonlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov asosiy tarkibda maydonga tushib, 67-daqiqada zaxiraga olindi.

Parallel kechgan bahsda “Sangju Sangmu” va “Pusan Ay Park” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Unda “armiyachilar” Doston Tursunov jamoasidan ustun keldi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachi uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Key-Liga

15-tur bahslari

9-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 58 Na San Ho, 0:2 – 88 Na San Ho

“Inchhon Yunayted”: Kim Don Hon, Chon Don Yun, Pak Te Han, Kim Chon Ho, O Ban Sok, Chi On Hak, Agilyar, Kim Do Hyok, Mahazi (Lim In Su, 90), Li Jun Sok, Mugosha.

“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Lim Shin Gyom, Li Te Hi, Yon Je Un, Yu In Su, Kim Don Hyon, Iskandarov (Yun Yon Ho, 67), Li Chhan Yon, Pak Te Jun, Na San Ho, Kim Hyon Son.

Ogohlantirishlar: Kim Chon Ho (24), Yu In Su (26), O Ban Sok (57).

Gollar: 1:0 – 74 Mun Son Min, 2:0 – 90 Mun Son Min.

15-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют