WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQShda Elvis Preslining gitarasi 1,32 mln dollarga sotildi
AQShda Elvis Preslining gitarasi 1,32 mln dollarga sotildi
AQShda afsonaviy qo‘shiqchi Elvis Preslining gitarasi kimoshdi savdolari orqali sotildi. Musiqiy anjom 1,32 million dollarga baholandi, deb yozadi TMZ.
Presli ushbu gitarasini 1954—1956-yillar davomida chalgan. Martin D-1 uslubidagi musiqiy anjomdan That’s Alright (Mama), Blue Moon of Kentucky hamda Good Rockin Tonight kabi xitlarni yozishda foydalanilgan.
Auksion orqali sotilgan gitara narxi rok-n-roll qirolining hozirga qadar sotilgan buyumlari orasida rekord ko‘rsatkichni qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Julien’s Auctions Elvis Presliga tegishli bo‘lgan to‘g‘nog‘ichni 205 ming dollarga sotgan edi.
Mavzuga doir: Elvis Preslining dvigatelsiz samolyoti 3,5 mln dollarga baholandi
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?