» » “Bizga uskunalar ajratishmayapti, va’da qilingan mukofot pullaridan darak yo‘q” — Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaati

“Bizga uskunalar ajratishmayapti, va’da qilingan mukofot pullaridan darak yo‘q” — Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaati


Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh vrachi, Toshkent viloyatining bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva davlat tomonidan koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani haqida jamoatchilikka murojaat qildi. Uning murojaati “Kun.uz” tomonidan e’lon qilindi.

“Men Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh vrachiman. Shifoxonamiz 1960-yilda tashkil topgan. Boshida bu shifoxona Chirchiq shahriga qarashli bo‘lib, 100 ta koykaga mo‘ljallangan bo‘lgan. So‘ngra koykalar soni 80 tagacha qisqartirildi, keyinroq, 2000-yilda Chirchiq shifoxonasi viloyat shifoxonasiga o‘tkazildi. Bu yerdagi reanimatsiya va qabul bo‘limlari ham qisqarib ketdi.

Prezidentning 2017-yil 6-sentabrdagi qarori bilan men Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh vrachi etib tayinlandim. Kelganimda bu yerda na reanimatsiya, na qabul bo‘limi, na OITV bo‘limi bor edi — faqat o‘tkir ichak infeksiyalari va havo-tomchi infeksiyalari bo‘limi faoliyat ko‘rsatardi.

Bu yerda ish boshlagan davrimda prezidentning bir qator qarorlari chiqdi, ular asosida birinchi galda reanimatsiya bo‘limi tuzilmasini tashkil etdik. Chunki bu muhim edi, og‘ir kasallarni Toshkent viloyati bo‘yicha olib boradigan joy yo‘q edi.

Toshkent viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga reanimatsiya bo‘limini qayta jihozlash va uskunalar bilan ta’minlashda moliyaviy yordam so‘rab bir necha bor murojaat qildik, lekin murojaatlarimiz javobsiz qolib ketdi.

Prezident qaroriga ko‘ra tuzilmaga o‘zgartirishlar kiritildi va OITV bo‘limini ochdik, chunki Toshkent viloyatida bittayam OITV bo‘limi yo‘q edi. Avvaliga OITV bo‘limida 10 ta, so‘ngra 20 ta koyka ochildi. Xuddi shuningdek, OITV bo‘limini qayta jihozlash hamda zarur uskunalar uchun mablag‘ so‘rab xat yozdik.

15-mart kuni pandemiya e’lon qilingach, ertasiga shifoxonamizni karantin zonasi sifatida yopib qo‘yishdi. Bizga shunchaki COVID-19 yuqtirganlikda gumon qilinganlar emas, isitmasi ko‘tarilgan va COVID-19 ning dastlabki klinik simptomlariga ega insonlarni yotqiza boshlashdi.

Adashmasam, 2020-yilning 30-yanvarida zarur sharoitlar yaratish va kerakli uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha prezident qarori chiqqandi. Biroq mart oyida ham bizga hech qanday uskuna yetkazib berilmadi.

Karantin zonasida ishlab, ancha bilim-ko‘nikmalarni oshirib olganimizdan so‘ng ikkinchi karantinda bizga nimalar, qanday preparatlar kerakligini bilardik. Zarur narsalarni ko‘rsatib xat yozganimizda, ikki kundan so‘ng bizning bemorlar va tibbiyot xodimlarimizni O‘rtasaroy karantin zonasiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq keldi.

Butun O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari va sog‘aygan bemorlar gullar bilan uyiga kuzatilayotganida, bu yerga kuzatuv ostida avtobuslarda keltirishardi, ular orasida ‘musbat’ natijali bemorlar ham bor edi, ularni ‘vagonchalar’ga jo‘natishardi. Bizning xodimlarni ham ‘vagonchalar’ga jo‘natmoqchi bo‘lishdi. Lekin men viloyat hokimi va sog‘liqni saqlash vaziriga murojaat qilib, hech bo‘lmasa minnatdorlik tariqasida vrachlarimiz 14 kunlik karantinni o‘z shifoxonasi hududida o‘tashini so‘radim. Xodimlarimizga ichki karantinni yakunlaganimizdan keyin, o‘z funksional majburiyatimizni yuqumli kasalliklar bo‘limi sifatida davom ettirishimiz haqida buyruq chiqdi.

Shundan so‘ng SSVning buyrug‘i chiqdi, unda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasini koronavirus yuqtirgan bemorlarni qabul qilish va davolashga tayyorlash ko‘rsatilgan edi — bu vazirning 82-sonli buyrug‘ida aytilgan. Bizni yana e’tiborsiz qoldirib, hech qanday uskuna bermasdan, boshqa muassasalarni ta’minlay boshlashdi. Holbuki, biz bosh infeksion markaz hisoblanamiz.

Biz qator idoralarga, jumladan Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga prezident qaroriga ko‘ra bizga va’da qilingan mukofot pullarini so‘rab xat yozdik. Balki bu taqdir hazilidir, Toshkent viloyat SSBning 209-buyrug‘i chiqdi, unga ko‘ra bizda yotgan bemorlar boshqa muassasaga ko‘chirildi. Aniqlanishicha, bizning bemorlarimizni davolash uchun mukofot pulini ular ko‘chirilayotgan shifoxonadagi xodimlar olishar ekan.

Bizga SSVdan qo‘ng‘iroq qilishib, ‘sizlarga 10 ta oksigenerator ajratildi, Zangiotadagi ombordan olib ketishingiz mumkin’, deb aytishdi. Mashina jo‘natdik, uskunalar yuklanayotgan paytda Toshkent viloyat SSB bosh buxgalteri qo‘ng‘iroq qilib, To‘raqul Sodiqovich nomidan ‘berilmasin’, deb aytdi va uskunalar berilmadi.

Shundan so‘ng blogerlardan menga yordam qilishlarini so‘radim. Bu holat oshkor bo‘lgach, bizga uchta oksigenerator berishdi. Ertasi kuni yana 12 ta oksigenerator berildi. 12 ta oksigenerator bilan 120—130 nafar bemorni davolamoqdamiz. Bizga chirchiqlik volontyorlar to‘rtta oksigenerator hadya qilishdi. Sog‘liqni saqlash vazirining 188-sonli buyrug‘ida SSB boshliqlari har bir bemorni kislorod bilan ta’minlashi shartligi belgilab qo‘yilgan. Biz ta’minlay olmaymiz, bizda bunga imkoniyat yo‘q”, — deydi Guljahon Yo‘ldosheva.

Oksigenator mojarosi avvalroq yaxshigina shov-shuv bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (SSB) axborot xizmati holatga munosabat bildirib, Guljahon Yo‘ldoshevani “shifokor sha’niga dog‘ tushiradigan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan shug‘ullanmoqda” deb ayblagan, sog‘liqni saqlash vaziri nomiga uni egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqish yuzasidan xat kiritilganini ma’lum qilgan edi.

Keyinroq Chirchiq davlat pedagogika instituti yotoqxonasi bazasida tashkil etilgan vaqtinchalik kasalxonaga ishga qabul qilingan bir guruh tibbiyot xodimlari OAV orqali ochiq murojaat yo‘llagan, unda ular bilan mehnat shartnomasi imzolanmagani, bemorlar uchun dorilar yo‘qligi ta’kidlangan edi. Bunga javoban e’lon qilingan Toshkent viloyati SSB bayonotida “masalani o‘rganish davomida Chirchiq davlat pedagogika instituti yotoqxonasi qoshida tashkil etilgan provizor shifoxonasining tibbiyot xodimlari bunday murojaatdan bexabar”ligi yozilgan edi.

Mavzuga doir: Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют