» » Doctor D asoschisi koronavirus bemorlarini SSV ruxsatisiz davolagan xususiy klinikalar jazolanishi haqidagi qarorga etiroz bildirdi

Doctor D asoschisi koronavirus bemorlarini SSV ruxsatisiz davolagan xususiy klinikalar jazolanishi haqidagi qarorga etiroz bildirdi


Doctor D klinikasi asoschisi va rahbari, shifokor va aktyor Dilmurod Ergashev Sogliqni saqlash vazirligining xususiy klinikalar va shifokorlar koronavirusga chalingan bemorlarni ruxsatsiz davolashini taqiqlovchi qarori haqida Facebookdagi sahifasida oz fikrlarini bayon qildi.

Men 33 yil avval Doctor D klinikasini tashkil etgan va shu yerda shuncha yildan buyon rahbarlik qilayotgan fuqaroman, yani xususiy klinika asoschisi hamda rahbariman.

Kuni kecha hamma xususiy klinikalar rahbarlarini yigib, qaysi xususiy klinika Sogliqni saqlash vazirligi bilan shartnoma tuzmasdan COVID-19 bemorlarni davolagan bolsa va u jarayonda standartlarga rioya qilmagan bolsa, litsenziyalarini sud orqali toxtatish togrisida ogohlantirilgan.

Klinikamiz sharoiti togri kelmagani uchun biz COVID-19ga chalingan bemorlarni davolamadik, lekin zudlik bilan hamma xonalarga kislorodli konsentrator otkazdik va suniy nafas olish apparatlarini shaylab qoydik. Bemorlarni davolashga joy yetmay, xodimlarimiz kasal bolib tang holatda qolinsa, ozimizning ishchilarga, yaqinlarimizga yordam berishimiz zarur degan maqsadda tayyorgarlik korib qoydik.

Oradan ikki oylar otgach, shunaqa vaziyat boshlandi. Kuniga yuzlab qongiroqlar bola boshladi, tez yordam kelmayapti, ogir bemorlarni hech qayerga qabul qilishmayapti, yordam bering degan gaplar boldi. Bunday holda nafaqat biz, balki koplab boshqa klinikalar ham bemorlarni qabul qila boshladi. Doktorlar ham odam, lekin ular oz hayotini xavf ostiga qoyib qarashdi. Ularda tajriba yoq. Qolida qollanmasi yoq, ingliz tilini bilmaydi, lekin yordam berishga harakat qildi, shu orada oramizdan bir necha doktorlar vafot etdi. Nega osha paytda bularga standartlar yetkazilib berilmadi? Nega sharoit ogirlashganda klinikalar faoliyati muvofiqlashtirilmadi? Hamma bemorlar uylarida ogir ahvolda qolganda TV orqali ham bemorlarni koordinatsiya qilsa bolar edi-ku?

Virus yuqtirganlar tanish doktor yoki tanish hamshirasini uyiga chaqirib, har xil kerak-kerakmas dorilar bilan davolanishga majbur boldi. Chunki tez yordam kelmadi, taqdim etilgan telefon raqamlari javob bermadi. Olim toshagida yotgan bemorlarni kotarib xususiy klinikalarga olib kelishdi. Hech kim yordam qilmagani uchun klinikalar bemorlarga qarashga, yotqizishga majbur boldi. Bizning klinikaga ham otam olyapti, onam olyapti, yordam bering, doktor deb yalinib-yolvorib onlab bemorlarni olib kelishdi. Biz sharoitimiz yoq, klinikada homilador ayollar bor deb ularni qabul qilmadik, xalqdan malomatlarga qoldik.

Diagnostika uchun alohida kochadan kiradigan qilib maxsus xonalar tashkil qilindi, 24 soatda kasallikni aniqlashga harakat qildik, tez yordam mashinasi orqali faqat bemorlarga yordam bera oldik, xolos. Mamlakatda bunday holat yuz berganda hamma qolidan kelgan yordamni berishi kerak emasmi? Vrachlarimiz onlayn konsultatsiya berib, bemorlarni uydan kuzatib turdi. Nafas yetishmovchiligi ikkinchi darajaga yetgan bemorlarni ham yotqiza olmadik. Kislorod beradigan mobil qurilmalarni tekinga yetkazib, vaqtincha qollash uchun bemorlarga berib turdik. Shu vaqtlarda mutaxassislar tomonidan ham kop notogri maslahatlar (masalan, Plakvenil qabuli boyicha) berildi.

Endi tajriba oshdi, CDC tarjima qilindi, yaqinda davolash uchun yangi standart qabul qilindi. Ahvol ancha yengillashdi. Qongiroqlar kamaydi, barcha viloyatlarda, hududlarda qoshimcha koykalar tayyorlab bolindi. Endi aybni xususiy klinikalarga agdarishmoqchi.

Xususiy klinikalar ogaymi? Ularni kim himoya qiladi? Boshidan, yani mart oyida shunaqa bolishi mumkin ekanligini bilar edik, nega barcha xususiy klinikalarga tavsiyalar, qollanmalar berilmadi? Xususiy klinikalarda kerakli asbob-uskunalar yoq, dori-darmon yoq, ular notogri davolaydi, deb aytilgan. Davlat klinikalarida togri davolanildimi? U yerlarda kerakli hamma narsa bormidi?

Men qaynotam misolida ahvol qandayligini kordim. Qaynotam professor, respublikada kozga koringan, shu kunlarda ham ishlab kelayotgan olim edilar. Hech qayerda joy yoq, qayerga telefon qilishmasin hech iloji yoq deyishdi, bir amallab klinikaga yotqizdik. Dorilarini, kislorod konsentratorini ham ozimiz olib berdik.

Qilinayotgan terapiyadan ahvol yaxshilanish orniga yomonlashavergach, doktor uyga olib ketinglar, bu yerda vafot etsa, ozlari komishadi, deb qorqitgach, uyga olib keldik. Bechora qaynotam ota ogir ahvolda uyga olib kelindi. Uyda SDC boyicha davolay boshladik, lekin vaqt otib bolgan, poliorgan yetishmovchiligi boshlangan edi. Shunda ham tort kun kurashdik, afsus...

Bizning klinikamizda ham hamshiralar, vrachlar kasal bolib yotib qolishdi. Deyarli hamma kasallikka chalindi. Faqat onlayn tarzda ularni kuzatib davolash jarayonini nazorat qilib turdik. Shunday paytlarda bu tizim rahbarlari qayerda edi? Ogay bolani aybdor qilish yaxshimi? Hamma bolasini birdek korish kerak emasmi? Doq-popisa qilib, litsenziyangni olib qoyaman deb ishlaydigan zamonlar otib ketmadimi? Xususiy klinikalar davlatga foyda keltirmaydimi yo? Kim ularni himoya qilishi kerak? Nega ularni ham loyihalarga qoshishmaydi? Nega shtab tashkil qilinganda ular taklif qilinmaydi, maslahatga chaqirilmaydi? Pandemiya sharoitida hamma joy frontga aylanadi, bunday paytlarda barcha tibbiyot sohasi vakillari kabi biz ham oz hissamizni qoshishimiz kerak, deb oylayman.

Mening fikrim shunday, agar shunaqa qorqitib ish yuritilsa, ertaga yurtimizda klinika qurishga, tibbiyot texnologiyasini olib kirishga bitta ham investor kelmaydi. Aslida xususiy klinikalarga togri tavsiyalar qilinib, nega xatoliklar bolganining tagiga yetib chora korilsa togri boladi. Butun dunyoda xususiy klinikalar asosiy yuklamalarni kotarishadi. Ularni ham ragbatlantirish kerak, axir. Yaqinda hukumat tomonidan bir guruh shifokorlar ragbatlantirildi, lekin ular orasida birorta xususiy klinika vrachlari yoq.

Bizning klinikamiz tashkil etilganiga 33 yil boldi. Bu yillar ichida minglab bemorlarga tibbiy yordam korsatdik, davoladik, yuzlab operatsiyalar qilindi, aksiyalar otkazib, qanchadan qancha bemorlarga bepul yordamlar korsatganmiz. Shu 33 yil ichida birorta doktorimiz hatto choynakning qopqogi bilan bolsa ham mukofotlanmadi.

Vazirlikni isloh qilish kerak. Xususiy klinikalarga ham etibor qaratilsin, ularni ham asrash va avaylash, ravnaqi uchun yordam berish zarur

Dilmurod Ergashev, Doctor D klinikasi asoschisi va rahbari

Sogliqni saqlash vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yigilish otkazilgan va undaxususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bogliq faoliyatiSSV tomonidan monitoring qilib borilishi, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qatiy choralar korilishi, ularning litsenziyalarini bekor qilish boyicha sudlarga davo arizalarini kiritilishieslatib otilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-08-2020, 21:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -