» » Rasmiy ekzit-pol: Lukashenko Belarus prezidenti saylovida qariyb 80 foiz ovoz oldi

Rasmiy ekzit-pol: Lukashenko Belarus prezidenti saylovida qariyb 80 foiz ovoz oldi


Davomi: Ekzit-pol: Belarusdan tashqaridagi saylov uchastkalarida Tixanovskaya salkam 80 foiz olgan

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti saylovida davlat ekzit-poli hisob-kitobi bo‘yicha 79,7 foiz ovoz oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6,8 foiz ovoz olgan.

Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, beshta viloyatdagi kasalxonalarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida Lukashenko 82 foiz ovoz olgan. Armiyada unga 93,7 foiz saylovchi ovoz bergan.

“Radio Svoboda”ning xabar berishicha, xorijdagi 18 ta saylov uchastkalaridagi ekzit-pol Lukashenko 10 foizdan sal ko‘proq, Tixanovskaya esa 71 foiz ovozni qo‘lga kiritganini ko‘rsatgan. Ekzit-pollar kimlar tomonidan o‘tkazilgani va gap aynan qaysi mamlakatlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют