» » Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni ushlashni boshladi

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni ushlashni boshladi


Belarus poytaxti Minskda prezident saylovi natijalarini kutib, saylov uchastkalarining oldida to‘planishni boshlagan odamlarni qo‘lga olish boshlandi, deya xabar bermoqda “Tut.by”. Sayt ma’lumotlariga ko‘ra, Mogilyov shahrida kamida uch kishi qo‘lga olingan — u yerda “Atrium” savdo markazi oldida bir necha o‘n kishi to‘plangan bo‘lgan.

Bundan tashqari, “Minsk — qahramon-shahar” yodgorligi oldida ham odamlarni qo‘lga olish boshlangan — muxolifat vakillari saylov uchastkalari yopilishi bilan dastlab aynan shu yerda to‘planishni rejalashtirgan edi. NEXTA Live Telegram-kanalining yozishicha, Brest shahrida odamlarni qo‘lga olib, militsiya bo‘linmasiga olib borib, so‘ng qo‘yib yuborishyapti.

Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning muxoliflari saylovda ovoz berish jarayoni yakuniga yetishi bilan saylov uchastkalarining oldida to‘planishni, shundan so‘ng Belarus shaharlari bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Poytaxt Minskda militsiya shaharning bosh ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasining piyodalar uchun mo‘ljallangan qismini yopib qo‘ygan. Shahar markazida bir necha metro bekatlari ham yopilgan.

Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz olib, g‘olib chiqqan; Belarusdan tashqaridagi saylov uchastkalarida esa Lukashenkoning asosiy raqibi — Svetlana Tixanovskaya 80 foiz olgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют