» » “Boshimni tik ko‘targan holda ketyapman”. Villian “Chelsi” bilan xayrlashdi

“Boshimni tik ko‘targan holda ketyapman”. Villian “Chelsi” bilan xayrlashdi


Braziliyalik yarim himoyachi Villian “Chelsi”ni tark etadi. 32 yoshli futbolchi “Chelsi” muxlislari bilan xayrlashdi.

Ajoyib yetti yillik. 2013-yilning avgustida “Chelsi”dan taklif olganimda aynan shu yerda o‘ynashim kerakligiga ishonchim komil edi. Bugun esa bu qaror eng to‘g‘risi ekaniga ishonmoqdaman. Ko‘plab quvonchli onlar bo‘ldi, biroq xafagarchiliksiz ham o‘tmadi. Sovrinlar bo‘ldi. Juda yorqin onlar.

Sovrinlar yutishdan tashqari, men o‘zim haqimda ko‘p narsa bilib oldim. Rivojlandim, o‘yinchi va inson sifatida yaxshi tomonga o‘zgardim. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng, har o‘yin, kiyinish xonasida o‘tkazgan har daqiqamda o‘rgandim.

“Chelsi” muxlislariga meni “Stemford Brij”da iliq kutib olgani va yillar mobaynida qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman.

Tanqid bo‘ldi. Bu odatiy holat. Muhimi sadoqat va tanqid meni har bir mashg‘ulotda, har o‘yinda oxirigacha kurashishga undadi!

Olg‘a yurish vaqti keldi. Jamoadoshlarimni sog‘inaman. Menga o‘z o‘g‘lidek munosabatda bo‘lgan klubning barcha xodimlari va muxlislarni sog‘inaman.

Boshimni tik ko‘targan holda, qalb xotirjamligi ila ketyapman. “Chelsi” libosini himoya qilib, g‘alabalarga erishdim va bor kuchim bilan harakat qildim. Barchangizdan minnatdorman, sizni xudoning o‘zi qo‘llasin!

Villian, futbolchi

Avvalroq Villian Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Villian “Chelsi” safidagi 7 mavsum davomida umumiy 339 o‘yin o‘tkazib, 63 ta gol urdi.

Villianning 2019/20 yilgi mavsumda “Chelsi” safidagi yorqin harakatlarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют