» » Tramp noqulay savol tufayli matbuot anjumanini tark etdi (video)

Tramp noqulay savol tufayli matbuot anjumanini tark etdi (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News jurnalistining noqulay savoli sabab matbuot anjumanini tugatmasdan zaldan chiqib ketdi.

Trampning Nyu-Jersi shtatidagi nutqidan keyin nashr vakili Paula Rid prezidentni “Faxriylar tanlovi” loyihasi uning administratsiyasi tomonidan qilingani haqida gaplar yolg‘onligini aytgan.

“Nima uchun siz “Faxriylar tanlovi” loyihasini ishga tushurganingizni ishonch bilan gapiryapsiz? U 2014-yilda qabul qilingan, bu yolg‘on bayonot janob”, — deya Trampning 2016-yilda prezidentlik kursisiga o‘tirganini eslatgan jurnalist.

Prezident jurnalistning gaplaridan so‘ng keyingi savolga o‘tishni so‘ragan, ammo ayol Trampning gapini bo‘lgan va o‘z savolini takrorlagan.

Yakunda Tramp matbuot-anjumanini to‘xtatgan va kelganlarga tashakkurini izhor qilib, tribunani tark etgan.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp HBO telekanaliga bergan intervyusida, noyabrga qadar Afg‘onistondagi Amerika kontingentining soni 8 mingdan 4 ming kishiga kamayishi haqida ma’lumotni tasdiqlagani, Facebook ijtimoiy tarmog‘i Trampning akkauntidan koronavirus borasida yolg‘on ma’lumotlar keltirilgan videoni o‘chirib tashlagani hamda Trampning AQSh fuqarolariga TikTok qisqa video-servisiga va WeChat messenjeriga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance va Tencent kompaniyalari bilan bitimlar tuzishni taqiqlovchi ikkita farmonni imzolagani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют