» » Lionel Messi Chempionlar Ligasida navbatdagi rekordni o‘rnatdi

Lionel Messi Chempionlar Ligasida navbatdagi rekordni o‘rnatdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Napoli”ga qarshi kechgan o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Messi mazkur musobaqada sanoq bo‘yicha 35-klub darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Chempionlar Ligasi rekordi hisoblanadi. Keyingi o‘rindagi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YChLda 33 ta turli jamoaga gol urgan.

Shuningdek, argentinalik futbolchi ketma-ket 16-yildan buyon Chempionlar Ligasida gol urmoqda. Leo bu borada “Real hujumchisi Karim Benzema va “Manchester Yunayted” sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggzning natijasini takrorladi.

Bu boradagi rekord esa “Real” sobiq forvardi Raul Gonsalesga tegishli — 17 yil.

Messi Primera joriy mavsumida 33 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют